Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov To‘raqo‘rg‘on tumanining eng chekka hududida 20-30 yillardan beri qarovsiz, bo‘sh turgan 70 gektar maydon o‘rnida tashkil etilgan zamonaviy intensiv bog‘ bilan tanishdi.

“Pure Fruit Trade” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilgan loyiha doirasida bu tashlandiq maydon o‘zlashtirilib, 50 gektariga gilos, 20 gektariga shaftoli, o‘rik ko‘chatlari ekildi.

Hosildorlikni oshirish, qo‘shimcha er o‘zlashtirish maqsadida 2 ta nasos yordamida 2 kilometrdan ziyod masofadan suv tortib kelindi. Ko‘chat va ekinlarni tomchilatib sug‘orish uchun 2,5 ming metr kub suv saqlash havzasi barpo etildi. 20 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxona rejasiga ko‘ra, mevalar hosilga kirishi bilan Xitoy, Janubiy Koreya, Evropa mamlakatlariga eksport qilinadi.

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash