Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanining Yuksalish shaharchasidagi 8 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan maydonda tashkil etilayotgan kichik sanoat zonasida o‘z ishlab chiqarishini tashkil etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Kichik sanoat zonasidagi 30 sotixdan iborat 24 ta lot uchun da’vogar loyihalar bir biridan jozibali ekanligi ko‘zga tashlandi.

Tadbirkorlar viloyat hokimiga parrandachilik klasteri (parranda go‘shtini qayta ishlash, kolbasa va sosiska mahsulotlari ishlab chiqarish), farmatsevtika, mebelsozlik, polietilen quvurlar, rangli bo‘yoqlar, shuruplar, cherepitsa, gipsokarton, profnastil, meva sharbati ishlab chiqarish, meva va sabzavotlarni qayta ishlash kabi istiqbolli investitsion loyihalarni bir bir taqdim etishdi.

Umumiy qiymati 200 milliard so‘mdan ortiq bu loyihalarning amalga oshirishda asosan tadbirkorlarning 150 milliardga yaqin o‘z mablag‘lari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

 Uychida infratuzilmasi rivojlangan bunday kichik sanoat zonasi tashkil etilishi natijasida 1000 ga yaqin bevosita ish o‘rni paydo bo‘lsa, tumanda sanoatning yangi bosqichga o‘tishi bilan bundan ham ko‘proq bilvosita ish o‘rinlari shakllanadi.

 

namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash