Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xunan provinsiyasi tadbirkorlar uyushmasi vitse-prezidenti Rui Tang hamda Xunan provinsiyasi savdo-sanoat palatasi vakili Xaykian Nay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirgan holda  Namangan viloyati hamda Xunan provinsiyasi kesimida davom ettirish, jumladan, savdo, investitsiya, turizm sohalarida birgalikda ish olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Turkiya davlatining “Baktat Group” hamda “Martin Bauer Group” kompaniyalari rahbarlari Ali Baklan va Erdinch Yunten bilan bo‘lgan uchrashuv ham samarali kechdi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, tegishli boshqarma va tashkilotlar, bank muassasalari mas’ul xodimlari, ishlab chiqarish korxonalari, Farg‘ona, Andijon viloyatlari, mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar, AQSH, Gollandiya, Daniya davlatlardan tashrif buyurgan hamkor biznesmenlar vakillari ishtirokida o‘tgan forumda viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, istiqboldagi imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berildi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Namangan shahrida 9,9 gektar maydonda tashkil etilgan “Orzu” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 mlrd so‘mlik 22 ta loyihadan 74 mlrd so‘mlik 10 ta loyiha ishga tushirildi.

Mamlakatimiz energetika tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan yirik loyiha bu boradagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘la oladi. 

To‘raqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan yirik energetika inshootida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

Tadbirkorlarning  huquq  va manfaatlarini har tomonlama himoya  qilish, ularni o‘ylantirayotgan masala va muammolarni o‘z o‘rnida hal etish,  huquqiy maslahat berish, faoliyat bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini ularga yetkazish davlatimizning doimiy  diqqat e’tiborida.

Mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda ham tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namangan viloyatidagi mavjud 186 ta eksportyor korxonlarda tayyorlanayotgan mahsulotlar  jahon bozorida o‘z xaridoriga ega ekanligi va  unga  yil sayin talabning ortib borayotgani ham bunga  yorqin misol.

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash