Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

 

Uychi tumanining Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida parrandachilik fabrikasi foydalanishga topshirildi.

 “Gold Chikin  Star” MCHJ tomonidan 8 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan mazkur korxona ikki gektar joyni egallagan. Germaniya texnologiyasi asosida jihozlangan fabrikada 63 mingta zotli tovuq parvarishlanadi va kuniga 50-55 mingta tuxum etishtirilishi ko‘zda tutilgan. Mahsulotni mahalliy bozorga chiqarish bilan birga eksport qilinishi ham rejalashtirilgan. Hozirda bu yerda 20 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi.

Namangan Viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Xunan provinsiyasi tadbirkorlar uyushmasi vitse-prezidenti Rui Tang hamda Xunan provinsiyasi savdo-sanoat palatasi vakili Xaykian Nay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirgan holda  Namangan viloyati hamda Xunan provinsiyasi kesimida davom ettirish, jumladan, savdo, investitsiya, turizm sohalarida birgalikda ish olib borish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Turkiya davlatining “Baktat Group” hamda “Martin Bauer Group” kompaniyalari rahbarlari Ali Baklan va Erdinch Yunten bilan bo‘lgan uchrashuv ham samarali kechdi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, tegishli boshqarma va tashkilotlar, bank muassasalari mas’ul xodimlari, ishlab chiqarish korxonalari, Farg‘ona, Andijon viloyatlari, mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar, AQSH, Gollandiya, Daniya davlatlardan tashrif buyurgan hamkor biznesmenlar vakillari ishtirokida o‘tgan forumda viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, istiqboldagi imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berildi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Namangan shahrida 9,9 gektar maydonda tashkil etilgan “Orzu” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 mlrd so‘mlik 22 ta loyihadan 74 mlrd so‘mlik 10 ta loyiha ishga tushirildi.

Mamlakatimiz energetika tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan yirik loyiha bu boradagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘la oladi. 

To‘raqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan yirik energetika inshootida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. 

Tugmani bosing Tinglash