17/03/2022

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- mart holatiga ko‘ra 296 tani tashkil etib, ulardan 296 tasi yoki 97,3 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 25 taga yoki 1,1 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni (iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 2022-yil 1- mart holatiga, birlikda)

🔹Sanoat - 141,
🔹Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 36
🔹Savdo - 40,
🔹Boshqa turlari - 25,
🔹Qurilish - 23,
🔹Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish - 13,
🔹Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar - 8,
🔹Tashish va saqlash - 2 tani tashkil etadi.

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda 5 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech