So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 3,1 % ni yoki 287,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, respublikamizda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 96,7 % ini tashkil etdi va 6,3 % ga o‘sdi.