So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 26- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,9 mln. tonna sut yetishtirilgan.

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida faoilyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 766 tani tashkil etgan. So‘nggi besh yilda ular soni 48 taga ko‘paygan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 13 ming 679,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta aholining so‘nggi uch oy davomida (har qanday joyda) internetdan muntazam foydalangan ulushi 89 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 2 trln. 297,3 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 1,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 78,1 %i yoki trln. 114,4 mlrd. so‘mlik yangi qurilish ishlariga ya’ni iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 544,8 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 839,7 km ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 24- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining imkoniyatlari va fuksiyalarini o‘rganish" mavzusida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 120,7 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 % ga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namanagan viloyatida jami 804,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 trln 23,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,6 foizni ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, rasmlar, filmlar, videolar yoki musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun Internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 53,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda 218 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.