So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 11,0 mlrd. so‘mni tashkil etib

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 315,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, bu 2023- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 6,53mln. AQSH dollariga ko‘paygan. 

2024-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 634,8 ming so‘mga yetdi. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 526 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 16,8 foiz ulushini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 256,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 109,9 % ga yetdi.

 2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 023,8 mlrd. so‘mga yetib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,6 %ni tashkil etidi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, onlayn gazetalar, jurnallar va elektron kitoblarni oʻqish yoki yuklab olish uchun internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Pop tumanining tashqi savdo aylanmasi 8,7 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 100,1 %ga yetgan.

Joriy yilning 23- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 393 ta bo‘lib, 2024- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada 38 ta korxonalar yangi tashkil etilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 397,3 tonna alyumin simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan.

Joriy yilning 22- aprel kuni Namangan viloyati Statistika boshqarmasida "STATA MP 18.0 dasturining vazifasi va imkoniyatlari" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda shahar, tuman statisitika bo'limi mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Pop tumanida 327,8 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,3 %ni tashkil etdi. 

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 9 trln. 253,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,3 % ga o‘sdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari hajmi 111 914 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 218 tani, shundan qo‘shma korxonalar 113 ta va xorijiy korxonalar 105 tani tashkil etgan.