So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- mart holatiga ko‘ra viloyatimizda jami 17 756 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda. 

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda qiymati 603,2 mlrd. so‘mlik yangi qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,3 %ga yetgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini savdo aylanmasi hajmi 140,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin. 

2024-yil yanvar-fevral oylarida O'zbekiston Respublikasi bo‘yicha avtomobil transportida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 52,9 % ni yoki 4,9 trln. soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1,5 trln. so‘mni tashkil etib, shundan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1,2 trln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida  viloyatimizga xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln, AQSH dollari miqdorida go‘sht mahsulotlari importi qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 57,5 %ga ko‘paygan. 

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida respublikasi bo'yicha umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 5,2 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 9,1 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangi Namangan tumanida chakana savdo tovar aylanmasi  hajmi 272,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yil mos davriga nisbatan 11,1 % ga ko‘paygan

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida Namangan viloyatida yirik korxonalar tomonidan 111,1 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 12,7 ming donaga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga jami 10,5 ming tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,2 ming tonnaga ko‘paydi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi boʻyicha  2 215 mlrd. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 20,2 % ga koʻpaydi.

2023/2024-o‘quv yili boshida respublikamiz bo'yicha akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilar 33,4 ming nafarni tashkil etib, ulardan o‘g‘il bolalar 19,5 ming nafarni va qiz bolalar 13,9 ming nafarni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 692 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizga 55 ta davlatdan qiymati 121,5 mln. AQSH dollarik tovarlar import qilingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 mln. AQSH dollariga ko‘paydi.