So'nggi yangiliklar

Yangilanish, yasharish ayyomi Navro'z olam ona zaminimizga to'kin- sochinlik, xonadoningizga qut-baraka olib kelsin. Har kuninigiz Navro'zdek shukuhli va quvonchli bo'lsin!

2023- yil yakunlariga koʻra, respublikamizda moliyaviy va sugʻurta faoliyatida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 44 111,1 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,1 ming tonna neft bitumi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 12,8 % ga oshgan.

2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Chust tumanining doimiy aholisi soni 285,6 ming kishini tashkil etib, 2023- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 5,9 ming kishiga ko‘paydi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi oʻtgan tegishli davrlardan yuqori boʻlib 181,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami 974,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Chortoq tumanida 108,4 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,7 %ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan tumanida 5291 ta tirik tug'ilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 27,8 promilleni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida respublikamizda sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 106,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning 1-mart holatiga qurilish sohasida jami 33 768 ta korxonalar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida To‘raqo‘rg‘on tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 79 142 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, 

 2024- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda jami 987 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Respublikamiz iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 86,4 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar oyida respublikamizda jami qurilish ishlarining 65,3 % i yoki 4,4 trln. soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi ayollar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 58,5 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- fevral holatiga Namangan shahrida jami 488 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar oyida qiymati 97,8 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar oyida Namangan shahrida 497,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘satkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 74,1 mlrd so‘mga ko‘paygan.