So'nggi yangiliklar

 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 9392,7 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 85,5 % jalb qilingan mablag'lar, 23,8 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag'lari hisobidan ta'minlandi.

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2021- yil 1-oktabr holatiga 2914,2 ming kishini tashkil etib, 2021- yil boshidan 61,6 ming kishiga yoki 2,2 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1888,5 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,8 %), qishloq aholisi soni 1025,7 ming kishini (35,2 %) tashkil etdi.

2021- yil 21-22- oktabr kunlari videokonferensaloqa rejimida transport statistikasi bo'yicha xalqaro transport forumining 7- yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 2021– yilning yanvar– sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 16 trln. 118,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish surat 2020– yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil etgan.

Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– sentabr yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 92,9 % i– dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 6,9 % i– o‘rmon xo‘jaligi, 0,2 % i – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.

2021- yil 22- oktabr kuni Davlat statistika qomitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan Qomita markaziy apparati rahbar xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Аholini roʼyxatga olishdan asosiy maqsad — Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va uni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Namanagan viloyatida jami 3 trln. 906,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil etdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 9886,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi* 114,7 % ni tashkil etdi.

 Joriy yilning 21- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi binosida 1 – o‘rta ta’lim shakli (yillik) Davlat statistik hisobotini eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish boʻyicha seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Oʼzbekiston Respublikasida Аholini roʼyxatga olishda respondentlarning huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:

2021- yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyati boʼyicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi oʼrinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 24 trln. 145,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi

21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

? Namanganda ayollar koʼpmi yoki erkaklar? degan savolga deyarli barcha ayollar koʼp deb javob berishadi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati boʼyicha 58,8 mingta bola tugʼilganligi qayd etilgan boʼlib, 2020- yilgning mos davriga nisbatan 3,7 ming kishiga koʼpaygan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710- son qarori ijrosi yuzasidan Namangan viloyati Kosonsoy tumani 46-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Namangan viloyati bo‘yicha 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 268,8 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 1 941,5 mlrd. so‘mga oshdi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida, Namangan viloyatida ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlarlarning soni 35 973 tani tashkil etmoqda. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 116,8 % ga oshgan.