Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

 

Oʼzbekiston Respublikasida 2022-yilda
aholini roʼyxatga olish boʼyicha qonun
qabul qilindi.

Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida oʼtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish va ularga ishlov berish davriy jarayonidir.
Аholini roʼyxatga olishning asosiy maqsadi Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Аholini roʼyxatga olish oʼn yilda kamida bir marta oʼtkaziladi.
Аholini roʼyxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir maʼlumotlarni barcha respondentlardan yigʼish Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning oʼzida amalga oshiriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlar yigʼilayotganda roʼyxatga olish varagʼi har bir respondent uchun yakka tartibda toʼldiriladi.
Аholini roʼyxatga olishning shaxsga doir maʼlumotlari maxfiy boʼlib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish aholini roʼyxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Аholini roʼyxatga olish dasturi quyidagi savollarni oʼz ichiga oladi: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi va joyi, yoshi, jinsi, millati, fuqaroligi yashash joyi (turgan joyi), tillarni bilishi, maʼlumoti, nikoh holati, bolalarining soni, uy xoʼjaligi tarkibi, uy-joy sharoitlari, bandligi, yashash uchun mablagʼlar manbalari, migratsiya.
Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzilganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʼladi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash