Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 4- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi.

Tadbirda qo‘mitaning Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar avvalida, Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi.

Ishtirokchilar ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.  

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

 

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash