Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Qiyomxon Ahmedov 1982-yil 27-oktabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan.

2001–2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 2005–2008-yillarda Kitob tumanidagi 26 o‘rta ta'lim maktabida ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

2008–2012-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslari magistraturasida tahsil olgan. Tahsil davomida televidenie, radio va matbuotda amaliyot o‘tagan.

2012–2016-yillarda Toshkent Temir yo‘l muhandislik institutining Tahririy nashriyot va poligrafiya bo‘limida muharrir lavozimida ishlagan.

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash