Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Namangan viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Rossiyaning dunyoga mashhur «iVoice Technology» kompaniyasi o‘rtasida Namangan viloyati turizm sohasiga sun'iy intellektni joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Namangan viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga asosan, «iVoice Technology»  Namangan viloyatidagi turizm sub'ektlarida, xususan, mehmonxona va dam olish maskanlarida ovozni tanish xizmati imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi texnologiyalarni joriy etadi.

Dastlabki bosqichda «iVoice Technology» mutaxassislari onlayn tarzda viloyatdagi turizm sub'ektlari rahbarlari uchun sohaga oid o‘z mavjud texnologiyalari hamda dasturlarini taqdim qiladilar. Mahalliy tadbirkorlarning talab va istaklaridan kelib chiqib, viloyat uchun maxsus ko‘p tilli texnologiya konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Sun'iy intellekt texnologiyalarini o‘zida joriy etishni maqsad qilgan tadbirkorlik sub'ektlariga qisman subsidiya ajratish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Ushbu hamkorlikni huquqiy mustahkamlash uchun Namangan viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK, viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Rossiyaning dunyoga mashhur «iVoice Technology» kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi tayyorlanmoqda.

«iVoice Technology» kompaniyasi bilan Namangan viloyati hamkorligi 2019 yilda boshlangan bo‘lib, o‘tgan yili 13-14 sentabr kunlari viloyatda ilk bor o‘tkazilgan yirik xalqaro tibbiyot va farmasevtika forumi doirasida  viloyat hokimligi va «iVoice Technology» o‘rtasida viloyatdagi tibbiyot muassasalarida ovozni tanish xizmati imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi umumiy qiymati 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan texnologiyalarni bepul joriy etish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolangandi.

 

Namangan.uz

Tugmani bosing Tinglash