02/04/2024

2024- yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyatimizda qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 852,1 ming taga yetdi. 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni - 27,3 ming taga (3,3 %) ko‘paydi.

Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 92,1 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzaitildi.