02/07/2021

To`qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi o`rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo`shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini ko`rish mumkin. Jumladan, joriy yilda 143.4 mln.AQSh dollarlik to`qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 80,4 % ini tashkil etdi va o`tgan yilga nisbatan 66,2 % ga o`sdi.

Viloyatning to`qimachilik sanoatini diversifikatsiya qilish va tayyor mahsulotlar eksportini rag`batlantirish borasidagi amaliy ishlari natijasida, viloyatimizning ushbu sohadagi salohiyati oshib bormoqda.

Ma'lumot o'rnida, viloyat tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 172,5 mln.AQSh dollariga yetdi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga ko`paydi.

Matbuot xizmati