So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 8,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 37,7 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 13,8 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan jami 44 ta davlatga 130,0 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qaroriga asosan Statistika agentligi tomonidan 2024- yil 1- mayga qadar yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol xarajatlari qiymatini qayta ko‘rib chiqish va e’lon qilish belgilangan.

Viloyatimizda 2024- yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 054 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Namangan viloyati bo‘yicha 2024- yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2 946,4 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 319,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8  barobarga oshgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 363,4 ming nafar Tojikiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan.

 2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1521 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-mart oylarida 1 trln. 461,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 5 trln 223,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % tashkil etgan.

2024- yilning 1- aprel holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 23,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,0 mingtaga kamaygan yoki 8,3 % ga pasaygan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 9,3 birlikni tashkil qildi.

2024- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9203,3 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 273,9 %ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, internetdan tibbiy maʻlumotlarni (jarohatlar, kasalliklar, ovqatlanish va boshqalar) qidirish uchun foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholining ulushi  17,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 26 895 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 93,0 foizga yetgan. 

Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 2024- yilning yanvar-mart oylarida 3 642,5 ming so‘mni tashkil etdi