So'nggi yangiliklar
29/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 166,4 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 43,5 % ga oshgan.
29/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Namangan viloyatida 2024- yil 1- aprel holatiga doimiy aholi soni 3079,9 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 13,8 ming kishiga yoki 0,4 % ga ko‘paydi.
29/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 2 ming tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.
26/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 26- aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,9 mln. tonna sut yetishtirilgan.
2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida faoilyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 766 tani tashkil etgan. So‘nggi besh yilda ular soni 48 taga ko‘paygan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati xorijiy davlatlarga qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 13 ming 679,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.
26/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta aholining so‘nggi uch oy davomida (har qanday joyda) internetdan muntazam foydalangan ulushi 89 % ni tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 2 trln. 297,3 mlrd. so‘mga yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi.
26/04/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.
26/04/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 1,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 78,1 %i yoki trln. 114,4 mlrd. so‘mlik yangi qurilish ishlariga ya’ni iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 544,8 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.
25/04/2024 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
25/04/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yil 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 839,7 km ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi
25/04/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,3 % ni tashkil etdi.