So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyati aholi jon boshiga umumiy daromadlari 3,3 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 2023- yilning mos davriga nisbatan 113,7 %ni tashkil etdi.

2023/2024 o‘quv yili boshiga Namangan viloyatida 5 ta akademik litseylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 2,2 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi uch yilda ular soni 0,4 ming nafarga ko‘paygan.

Joriy yilning 1- may holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 716 tani tashkil etib, 2024- yilning yanvar-aprel oylarida bu sohada 33 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 3 442,3 ming boshni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, respublikamiz bo'yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 126 764,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2023/2024 o‘quv yili boshiga viloyatimiz bo‘yicha umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning bitta sinfdagi o‘rtacha soni 25 nafarni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 5 trln 223,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % tashkil etgan.

2024- yilning 1- may holatiga Namangan viloyatida ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlarlarning soni 41 608 tani tashkil etmoqda. 

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 trln. 23,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 110,6 % ga yetgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 519,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatidan xorijiy davlatlarga qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan jami 13 ming 679,9 tonna meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida respublikamizda trolleybus transportida 160 ming yoʻlovchi tashilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 793,1 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln. 642 ming 500 so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2023- yiling mos davriga nisbatan 114,6 %ga yetgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Chortoq tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 2,3 ming tonna go‘sht, 10,4 ming tonna sut, 3,9 mln dona tuxum, 4,1 tonna jun hamda 1,7 tonna baliq ovlangan.