12/05/2023

2023- yil yanvar-mart oylarida viloyatimzda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 3 trln 141,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,9 %ga ko‘paygan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida eng yuqori ulushni ishlab chiqarish sanoati 51,8 %ni, turar joy qurulishiga investitsiyalar 12,2 %ni hamda qishloq ho‘jaligi 7,3 % ni tashkil etgan.