Joriy yilning 11- may kuni Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanovning 2023- yilning 25-27- aprel kunlari Jeneva (Shveysariya) shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan Milliy hisoblar bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishdagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Abrorali Mamadjanov yig‘ilganlarni yig’ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, “Milliy hisoblar tizimi” va “To‘lov balansi”ga kiritilishi kutilayotgan uslubiy o‘zgartirishlar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, taqdimot jarayonida xorijiy davlatlarning milliy hisoblarni tuzish amaliyoti boʻyicha ma’lumotlar ham berildi.