12/05/2023

2023- yil 12- may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O‘zbekiston  Respublikasining 06.05.2023- yildagi “O‘zbekiston  Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-838-son Konstitsiyaviy Qonuni hamda O‘zbekiston   Respublikasi Prezidentining 08.05.2023- yildagi “Muddatidan ilgari O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida” PF-68-son Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.