05/05/2023

Joriy yilning 5- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida "Internetdan foydalanish tartibi" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va  mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi. 

 

Seminar davomida Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi yetakchi muhandis sistema ma'muri I. Mamasoliyev Internet tushunchasi, internet tarmog‘ining tuzilishi, internetga bog‘lanish, veb-saytlar, qidiruv tushunchasi, internet-provayderlar hamda kompyuter va qurilmalaridan samarali foydalanish haqida kerakli ma'lumotlar berdi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

  

Axborot xizmati