Joriy yilning 5- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi siyosatiga, kompyuterdan foydalanish qoidalariga hamda internetdan foydalanish odobiga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Shuningdek, Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi axborot xavfsizligi bo‘yicha yetakchi muhandisi B.Ahmadjanov Axborot xavfsizligi siyosatiga tahdidlar, ularning turlari, xavfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati