Joriy yilning 5- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Kompiyuter qurulmalaridan foydalanish tartibi” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan kompyuterdan foydalanish qoidalariga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Seminar davomida Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi hisoblash texnikasini ta'minlash bo'yicha 1-toifaili muhandis F. Ashuraliyev kompyuter va qurilmalaridan samarali foydalanish, kompyuterda har xil shaxsiy va ko’ngilochar rasm, videolar saqlash va ko’rish, turli xil o’yinlar saqlash va o’ynash qa’tiyan taqiqlannish hamda ish vaqtida xodim amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy texnika xavfsizligi qoidalari haqida kerakli ma'lumotlar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati