05/05/2023

Joriy yilning 5- may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari hamda STATA MP 17.0 dasturining vzaifasi ” mavzularida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va  mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirda Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi yetakchi muhandis dasturchi M.O‘tbosarov Microsoft office dasturlar paketi va uning imkoniyatlari, bugungi kunda keng foydalanib kelinayotgan Office paket versiyalari hamda uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berdi.

Seminar davomida M.O‘tbosarov tomonidan STATA MP 17.0 dasturi uning vazifasi, imkoniyatlari, foydali jihatlari va kamchiliklari hamda uning interfeysi haqida batafsil tushunchalar berdi. 

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

  

Axborot xizmati