Joriy yilning 10- may kuni Namangan viloyat statistika boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev tomonidan boshqarama boshlig'ining o‘rinbosar R. Jiyanov hamda "Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari" bo'lim xodimlariga seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Statistika agentligi qarorlari bilan tasdiqlangan, "Uy xo'jaliklarida kuzatuv o'tkazish bo'yicha Nizom"ni hamda "Uy xo'jaliklarida tanlanma kuzatuvlarini o'tkazish bo'yicha intervyuerlar uchun qo'llanma" bo'yicha xodimlarga batafsil tushunchalar berildi. Undan tashqari yanvar-aprel yakunlariga ko'ra Аholi jon boshiga to'g'ri keladigan isteʼmol xarajatlari, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar dinamikasini xodimlar bilan birgalikda muhokama qilindi, ko'rsatkichlarni sifatli va haqqoniy maʼlumotlar shakllantirilish boʼyicha chora-tadbir ishlari ishlab chiqildi.