2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yil 15- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari hamda boshqarmaning tegishli tarmoq bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida videaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Information Model (GSIM) - Statistik ma’lumotlarni taqdim etishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.
Jumladan, Statistika sohasida ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlari, tasniflar, metodologiyalar, kuzatuv shakllarini va metama’lumotlarni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha namunaviy tartib ва uslubiy qo‘llanma asosida ish yuritish masalalari yoritib berildi.
Matbuot xizmati