16/05/2023

2023- yilning 9–12- may kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan gender statistikasi bo'yicha ekspertlar guruhi yig'ilishi tashkil etildi.

1-photo_2023-05-12_12-36-23

Ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasida BMTning gender tengligi bo'yicha 24 nоrmativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan, BMTning 5 ta  asosiy minimal gender ko'rsatkichlari to'plamlarining tavsiyasiga asosan O'zbekiston Respublikasida 180 ta gender statistikasining ko'rsatkichlari shakilantirildi. 

2-photo_2023-05-10_14-56-22

Mazkur tadbirda AQSH, Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyoning statistik idora xodimlari hamda 12 ta xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.

3-photo_2023-05-12_12-36-22

Kun tartibida gender statistikasida ekspertlar tomonidan ish haqi va daromadlar, gender va atrof-muhit ko'rsatkichlari o‘lchovi, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ko'rsatkichlari, gender statistikasi uchun yangi  ma'lumotlar manbalari, savdo va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

4-photo_2023-05-12_12-36-24

5-photo_2023-05-12_12-47-06

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografik ko'rsatkichlarni shakillantirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Shodiyev Ma'ruf Sharif o'gli va Protokol xizmati boshlig'i Maksumova Komila Shuxratovna ham qatnashdi.