17/05/2023

joriy yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan Namangan viloyatning Germaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 12,8 mln.AQSh dollarini tashkil etib, viloyatining tashqi savdo aylanmasida 4,1 % ulush bilan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, va Turkiyadan  keyingi o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 1,9 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 10,9 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Maʼlumot o‘rnida o‘tgan 3 oyda Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 309,9 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.