18/05/2023

Joriy yilning 17- may kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga "Namangan viloyatida qurilish ko‘rsatkichlari shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov hamda Namangan Muhandislik Qurilish inistituti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Jiyanov viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida viloyatimiz bo‘yicha qurilish ko'rsatkichlarini shakillanishi, kichik biznes subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.

 

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.