Joriy yilning 17-18-may kunlari Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahrida “Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.
Muzkur xalqaro konferensiyada Qozogʻiston, Qirgʻiz R., Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Moʻgʻuliston, Buyuk Britaniya kabi 150 dan ortiq davlat organlari vakillari va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiya Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdoʻstlik va taraqqiyot departamenti orqali moliyalashtiriladigan va Jahon banki hamda Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv (YEGED) dasturi doirasida oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya ham mazkur xalqaro konferensiyada qatnashmoqda.
Statistika agentligi direktori oʻz maʼruzasida Oʻzbekistonda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy yutuqlar borasida alohida toʻxtalib oʻtdi:
- tizimni isloh qilish, faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shu jumladan, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida tizim elektron axborot resurslarini eng soʻnggi andozalar asosida takomillashtirish va yoʻlga qoʻyish (Statistika integrallashgan axborot tizimi (SIAT)), xalqaro eʼtirof etilgan kuzatuvlarni (Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS), Xalqaro taqqoslashlar dasturi (XTD)) tashkil etish va oʻtkazish borasida erishilgan yutuqlar, aholini roʻyxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik koʻrib borish borasida amalga oshirilayotgan tadbilar;
- ochiqlik, va shafffoflik borasida erishilgan yutuqlar;
- statistika jarayonlari, xususan statistika maʼlumotlarini ishlab chiqarish, tahlil qilish va ulardan davlat siyosatini shakllantirish maqsadlarida foydalanish borasida milliy statistika tizimi ishtirokchilari oʻrtasida samarali munosabatlarni oʻrnatish borasida Oʻzbekiston tajribasi;
- statistika dasturlarini shakllantirish, maʼlumotga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va statistika maʼlumotlaridan foydalanish masalalarida jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash va boshqa erishilayotgan natijalar bilan oʻrtoqlashdi.
Ushbu sessiya ilgʻor tajribalar va statistik maʼlumotlarni toʻplashning yangi metodologiyalarini, shuningdek, davlat siyosatini xabardor qilish uchun dalillardan qanday foydalanishni muhokama qilishga bagʻishlangan.
Sessiyada, shuningdek, davlat siyosatini shakllantirish sohasidagi mutaxassislar va qaror qabul qiluvchilar, tadqiqotchilar va Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun axborot savodxonligi boʻyicha yangi onlayn kurs taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Konferensiya ishtirokchilari: ishlab chiqarish, maʼlumotlarni tahlil qilish va ulardan davlat siyosati maqsadlarida foydalanish oʻrtasidagi munosabatlar, dalillarga asoslangan siyosatni amalga oshirishdagi muvaffaqiyat va fuqarolik jamiyati rolini kuchaytirishga yondashuvlar, resurslar taqsimoti va davlat boshqaruvi kabi dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdilar.
Matbuot xizmati