18/05/2023

Namangan viloyatida 2023- yil 1-aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 404,9 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,1 kishiga ortgan (2022- yilda 1 kv.km.ga 395,8 kishi). Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Davlatobod tumanida 3124,0 kishi, Yangi Namangan tumanida 2645,0 kishi, Namangan shahrida 2448,7 kishi, Namangan tumanida 946,0 kishi, To‘raqo‘rg‘on tumanida 891,9 kishi, Norin tumanida 824,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Pop tumanida 79,8 kishi, Chust tumanida 298,9 kishini tashkil etgan.