2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shundan kelib chiqib, joriy yil 18- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida hududiy statistika boshqarmalari rahbarlari hamda boshqarmaning tegishli tarmoq bo‘lim boshliqlari uchun “Faoliyatga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish” mavzusida videaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda Agentlik tomonidan Generic Statistical Business Process Model (GSBPM) - Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning universal modelini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjatlar taqdimoti tashkil etildi.
Jumladan, Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning Milliy modelidagi barcha bosqichlar va jarayonlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Matbuot xizmati