19/05/2023

2023-yilning yanvar-aprel oyida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 4985,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 103,8 % ga yetdi..

Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 287,7 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 96,1 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 4697,5 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 104,3 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 766,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 105,4 %) tashkil etdi.