19/05/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonida ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, unda davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda ularning aniq vazifalarini belgilash Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vazifalaridan biri sifatida keltirilgan.

Xususan, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali o‘tkazilayotgan ochiq mustaqil tanlovlarning test sinovlari va suhbat bosqichi jarayonlari YouTube tarmog‘ida onlayn efirga uzatilmoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limilarida mavjud vakant lavozimlar ochiq tanlov asosida muntazam e'lon qilib kelinmoqda. Jumladan, ushbu ochiq tanlovlardan muvaffaqiyatli o'tgan Turdaliyev Baxromjon Ergashboy o‘g‘li Chust tuman statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot o'rnida, quyidagi telegram tarmog‘i orqali davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy bo‘linmalaridagi mavjud vakant lavozimlar, tanlov jarayonlari hamda g‘oliblari haqidagi ma’lumotlar doimiy e’lon qilib borilmoqda.

Vakansiyalar portali kanali — t.me/vacancy_argos
Ochiq tanlovlar g‘oliblari kanali — t.me/vacancy_winners
Ochiq tanlovlar jarayonini kuzatish — t.me/vacancyonline