24/05/2023

2023- yil 1- may holatiga Namangan viloyatida savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9258 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3184 taga ko‘paygan. Tahlillarga ko‘ra, Namanganda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi.