2023-yilning 1- may holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 76 236 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 6,4 foizini tashkil etdi. Shundan 75 357 tasi kichik biznes subyektlaridir. Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Toshkent shahrida – 12 192 ta
Farg‘ona viloyatida – 8 475 ta
Toshkent viloyatida – 7 745 ta
Samarqand viloyatida – 6 766 ta
Andijon viloyatida – 6 695 ta
Namangan viloyatida – 5 837 ta
Qashqadaryo viloyatida – 4 928 ta
Buxoro viloyatida – 4 290 ta
Xorazm viloyatida – 4 102 ta
Surxondaryo viloyada – 3 620 ta
Navoiy viloyatida – 3 542 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 348 ta
Jizzax viloyatida – 3 002 ta
Sirdaryo viloyatida – 1 694 ta