24/05/2023

Joriy yilning 24-may kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan “Kosonsoy” chegara bojxona postida Namangan viloyati statistika boshqarmasining ishchi guruh tomonidan statistika kuzatuvlari o‘tkazildi. Unda viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev ham ishtirok etib, o'tkazilayotgan kuzatuv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Kuzatuvda O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan uyushmagan tovarlarni olib kirish, yani xorijdan shaxsiy foydalanish uchun sotib olingan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi kutilmaydigan mahsulot tannarxi, tovarlar miqdori, qaysi davlatdan kelayotganligi kabi ma’lumotlarni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari, kuzatuvda qatnashgan fuqarolarga suhbat davomida olingan ma’lumotlar faqatgina statistik maqsadlarda foydalanish nazarda tutilganligi alohida tushuntirib o‘tildi.

Kuzatuv jarayonlaridan fotolavhalar: