2023-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyati boʻyicha 1 257,1 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlari 925,8 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 73,6 % ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari 100,1 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 8,0 % ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari esa 231,2 mlrd. soʻmni yoki jamiga nisbatan ulushi 18,4 % ni tashkil etdi.