25/05/2023

Namangan viloyatida 2023- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga 3 trln. 141,4 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 115,1 mlrd. so‘mi O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘sish sur'ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 291,5 %ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan 3 oyda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmida O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlarining ulushi 3,7 % ni tashkil etgan.