25/05/2023

2023-yil 1- may holatiga  jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 29 139  tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 114 taga kamayib, o‘sish sur’ati 85,1 foizni tashkil etdi. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

  • 2019 yil – 23 680 ta
  • 2020 yil – 27 281 ta
  • 2021 yil – 32 656 ta
  • 2022 yil – 34 253 ta
  • 2023 yil – 29 139 ta