Muhammad Yusuf - shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqda betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashdа oddiy hayot voqeiligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi sifatida gapirishgan.
O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan pallasi XX asr oxiri - XXI asr boshlariga, ya’ni O‘zbekiston yangi mustaqilligi davriga to‘g‘ri keladi. Uning qisqa, ammo yorqin hayotini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu-shavqi ila iqrorlik bildirgan”.
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898-yilda mashhur Dukchi eshon qo`zg`oloni bo`lib o`tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy oilada tavallud topdi.
1971 yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. So‘ngra, Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.
1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga, u adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.
Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan, Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.
Ilk she’ri 1976 yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgachgina, 1985 yil shoirning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” chop etiladi. Ushbu to‘plamda shoir o‘z hissiyotlari bilan lirik va erkin tarzda bo‘lishadi, o‘z hayoti voqealari haqida gapiradi. Shunisi qiziqki, uni ham tanqid olami, ham shoir birodarlari juda iliq qabul qildi. Muhammad Yusufning hayotda omadi chopgan edi: ijodiy yo‘lining eng avvalida, taqdir uni Erkin Vohidov bilan yuzlashtirdi, u esa Muhammad Yusufning ajoyib iqtidorini sezib, uni rivojlantirishda yordam berdi. Keyinroq shoir Abdulla Oripov bilan yaqinlashadi. Bu ikki atoqli zamondosh shoirlar Muhammad Yusufning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishdi, ularning ijodida - mavzularda, timsollarda, she’r ohangida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bir-birini boyitishni payqash mumkin.
Barcha yirik shoirlar kabi Muhammad Yusuf ham tarjima faoliyati bilan shug‘ullangan. Bu ishni u ifodali bajarib, o‘z tarjimalariga katta mas’uliyat bilan yondashgan. O‘zi ham tarjimaga yirik shoirlarning asarlari orqali o‘rgangan bo‘lsa-da, uning tarjimalari o‘ziga xos ijod namunasi hisoblanadi. Ularga nisbatan V. Jukovskiyning keyingi so‘zlarini qo‘llash mumkin: “Nasr tarjimoni - qul, she’riyat tarjimoni - raqib”.
Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan. Ammo shoir hayoti juda erta uzilgan. Ijodiy pallasi parvoz vaqti uzilgan... Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan.
Muhammad Yusuf kabi o‘ta keng qamrovli, hissiyotlari va o‘ylari chuqur shoir o‘limini bir narsagina — undan meros qolgan va shubhasiz, o‘zbek she’riyati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi she’rlarigina yupatadi.
Ijodiy mehnatlari “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko‘nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko‘p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Osmonimga olib ketaman” (1998).
Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbidir!…
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo’la oladi! Muhammad Yusuf bunga yorqin timsol bo’la oladi deb o’ylayman. Shoir she’rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning she’rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati yani ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo’tabarligi aks ettirilgan.
Yurtim, ado bo`lmas armonlaring bor,
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor,
O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim,
Ko`ksing to`la shahid o`g`lonlaring bor.
Bag`rim o`rtar bir o`y bahor ayyomlar,
Oy botgan yoqlarga termulib shomlar.
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardi maydonlaring bor...