2023- yilning 24–25- may kunlari Italiyaning Turin shahrida Yevropa ta’lim jamg‘armasi tomonidan “Kasbiy ko‘nikmalarga e’tibor qaratgan holda mehnat bozori va mehnat faoliyatiga o‘tish bo‘yicha ma’lumotlarni birlashtirish va ulardan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda sohaga aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar, jumladan statistika, mehnat va ta’lim tashkilotlari vakillari, xalqaro ekspertlar, shuningdek, Yevropa ta’lim jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yo‘ldoshev ham ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar Yevropa Ittifoqiga qo‘shni mamlakatlarda faol mehnat bozori siyosati, o‘lchash usullari, yondashuvlari, natijalari va asosiy muammolari bo‘yicha statistik ma’lumotlarning mavjudligi haqida umumiy ma’lumotlarni olish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.
Shuningdek, xalqaro seminar davomida faol mehnat bozori siyosatining aniq ma’lumotlarini kengaytirish, monitoring va baholash masalalari bo‘yicha mamlakatlar tajribasi o‘rganildi.