2023- yilning yanvar-aprel oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 333,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Shundan, 30,0 mlrd.so‘mi non va non mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri kelgan.