2023- yil 31- may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-taraqqiyotga tahdid” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev hamda bosh yuriskonsult B.Ismatullayevlar korrupsiya illati har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishini, ushbu illatga qarshi kurashish va barham berish siyosati davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi lozimligini, korrupsiya o‘zimizga, balki davlatimizni kelajagiga ham to‘siq bo‘lishini, hammamiz uni oldini olish borasida birgalikda kurash olib borishimiz lozimligini ta’kidjlab o‘tishdi.