2023- yilning yanvar- mart oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 120,3 ming t. sut (2022- yilning yanvar- martga nisbatan 4,2 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Sut ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sut ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.