05/06/2023

📊 2023- yil 1- may holatiga Namangan viloyatida xizmat koʼrsatuvchi korxonalar soni 19 259 tani tashkil etib. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida koʼrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5 trln 729,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi va o‘sish sur'ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 117,1 foizni koʼrsatmoqda.

✅ Shu bilan birga bozor xizmatlarining eng katta hajmlari uchta soha hissasiga to‘gʼri keladi. Yaʼni savdo xizmatlari 1 trln 718,2 mlrd, transport xizmatlari 1 trln. 234,6 mlrd. soʼmni, moliyaviy xizmatlar 1 trln 66,2 mlrd. soʼmni tashkil etadi.

👨‍👨‍👦 Аholi jon boshiga koʼrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 mln. 906,6 ming soʼmga yetib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 403,6 ming soʼmga koʼpaygan.