2023- yilning yanvar-aprel oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 5 trln. 942,0 mlrd. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,3 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʼgʼri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 83,6 %ni tashkil etdi.
Jumladan, 2023- yilning yanvar-aprel oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 19,4 ming tonna bugʼdoy uni, 9,0 ming tonna paxta tolasi, 2,8 ming. tonna yogʼ mahsulotlari hamda 236,7 ming dona trikotaj kiyimlar ishlab chiqariligan.
Jalilov Elmurod
Viloyat statistika boshqarmasi boʼlimi boshligʼi